Davlat departamenti Jon Kerrining Suriya masalasida AQShning sabri tugayotgani ma'nosidagi gapiga izoh berdi

Jahon 12:46 / 16.06.2016 8083


AQSh davlat kotibi Jon Kerrining rasmiy Vashingtonning Suriya mojarosi va Arab respublikasi prezidenti Bashar Asadga nisbatan sabri tugayotganidan Rossiyani ogohlantirgani ma'nosidagi gapini tahdid ma'nosida tushunmaslik kerak. U, shunchaki, o‘z noroziligini ifoda etgan xolos. Bu haqda davlat departamenti Jon Kirbi aytib o‘tgan.

«Bu quruq tahdid emas. Aslida, buning o‘zi tahdid emas. Davlat kotibi, shunchaki, ruslar o‘z salohiyatlariga ko‘ra ish qilishmayotgani, aslida, ularning qo‘lidan bu ish kelishini norozi ohangda ifodalagan», — dedi Kirbi.

Avvalroq Jon Kerri "Rossiya sabrimiz poyonsiz emasligini tushinishi kerak. Aslida, biz Asad mahkamaga tortilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz", — degan edi Kerri.

Ko‘proq yangiliklar: