Rio-de-Janeyroda 2016 yilda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashuvchilar istiqomat qiluvchi qishloq ochildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qishloqqa 18 ming nafardan ziyod olimpiadachi va parolimpiadachi, rasmiy shaxs va valantyorlar ketadi. Majmuada 31 ta bino bo‘lib, ularda 3600 turar-joy mavjud. Xonalarda musiqiy cholg‘ular va videoo‘yinlar bor. Qishloq hududida sportchilarga kosmetolog va psixologlar xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, bu yerda diniy markazlar, suzish basseynlari va tennis kortlari mavjud.
“Sportchilar O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishlari bilan birga, bu yerda uchrashuvlar muhokamasi, g‘alabalarni nishonlash bilan shug‘ullanishlari, birga tushlik qilishlari mumkin bo‘ladi”, - dedi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax.