Boliviya Bill Geytsning hadya tovuqlarini olishni istamadi

Jahon 08:34 / 16.06.2016 5647

Boliviya o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta'minlay oladi. Shu bois u amerikalik milliarder va Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts fondi tomonidan mamlakatni oziq-ovqat bilan ta'minlash ma'nosida taqdim etilgan tovuqlarni olmaydi. Bu haqda 15 iyun kuni Boliviya yer va qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti vaziri Sesar Kokariko ma'lum qilgan.

“Menimcha, bu Boliviya harakatlarini yaxshi bilmaydigan magnat tomonidan qilingan hurmastsizlikdir. U boliviyaliklarda yetarli miqdorda tovuq borligi va mamlakat uning hadyasiga muhtoj emasligini yaxshi bilishi kerak edi”, - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi La Razon. Kokarikoning fikricha, Geyts Boliviya haqida gapirishdan to‘xtashi va uning xalqidan uzr so‘rashi kerak.

Avvalroq Geyts qashshoqlik darajasidagi 20 ta mamlakatga, jumladan, Boliviyaga ham 100 ming tovuq yetkazishi haqida xabar berilgan edi. Boliviya parrandachilik assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, respublikada har yili 197 mln tovuq yetishtiriladi, ularning aksariyati eksportga chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: