Birlashgan Arab Amirliklari qurolli kuchlari Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan arab koalitsiyasida boshqa qatnashmaydi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash shunday bayonot bergan.
"Bizning qarashimiz aniq: askarlarimiz uchun urush tugadi. Ayni vaqtda biz Yamandagi siyosiy vaziyatni kuzatib, ozod etilgan hududlardagi yamanliklarga yordam berayapmiz", - degan Gargash.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya ishtirokchilari o‘z oldilariga qo‘ygan vazifani uddalashgan. Ular jangirilardan Aden va Marib provinsiyalari kabi ko‘plab ma'muriy hududlar, shuningdek, Xazramavt ma'muriy markazi Al-Mukallu shahrini jangarilardan ozod etishgan.
Yamandagi siyosiy inqiroz 2014 yil avgustidan beri davom etib keladi, 2015 yil martida arab koalitsiyasini tashkil etgan mamlakatlar qurolli kuchlarining kirishi bilan u faol bosqichga chiqdi. Ar-Riyod yetakchiligidagi koalitsiya mamlakat hukumati va prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni isyonchi shia-xusiylari bilan jangida qo‘llab-quvvatlashdi.