AQShda timsoh hujum qilgan ikki yoshli bolaning jasadini topishdi

Jahon 09:31 / 16.06.2016 11460

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ishtirokchilari AQShdagi Walt Disney World kurort mehmonxonasi yaqinida timsoh tortib ketgan bolaning jasadini topishdi, deb xabar beradi CNN telekanali. 

Avval xabar berganimizdek, 14 iyun kuni Amerikaning Florida shtati Orlando shahrida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Disneylend bog‘ida joylashgan Grand Floridian Resort & Spa mehmonxonasi yaqinida timsoh yosh bolani suvga tortib ketgan. 

Timsohning hujumiga bolaning ota-onasi guvoh bo‘lgan. Ota farzandini qutqarishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. U bolaning otasi sezilarli bo‘lmagan jarohatlar olgan.

Ko‘proq yangiliklar: