AQShda bemor shifokorni otib tashladi, shundan so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Jahon 08:51 / 16.06.2016 5748

AQShning Vashington shtati, Pirs okrugida joylashgan qo‘lda davolashga ixtisoslashgan shifoxonada bemor o‘qotar quroldan shifokorni otib tashladi va shundan so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu paytda shifoxonada bir necha nafar bemor ham bor edi. Ular jabrlanmagan. Bu haqda okrug politsiya boshqarmasi ma'lum qilgan.

“Ayni damda bizlarda voqea nima yuzasidan sodir etilgani haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas”, - deya ta'kidladi Pirs huquq-tartibot organi vakili Edvard Troyyer.

Politsiyaning hozirgacha aniqlashtirgan ma'lumotiga ko‘ra, qotil mana shu – “Makkenna” shifoxonasining bemori bo‘lib, uning yoshi 35 da bo‘lgan. O‘ldirilgan shaxs esa, 46 yoshli erkak bo‘lib, uylangan, ikki nafar farzandning otasi hisoblangan. U mana shu shifoxonada 11 yil mobaynida jarrohlik sohasida ishlab kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: