Airbnb portalida sayyohlar uchun yoqilg‘i shoxobchasida tunab qolish taklifi paydo bo‘ldi

Jahon 15:45 / 16.06.2016 3013

Airbnb ijara xizmati portalida sayohatchilar uchun noodatiy taklif paydo bo‘ldi - Salinas shahri (Kaliforniya shtati, AQSh)dagi yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi turar-joyda yashash. AZSda bir kun tunab qolish sayyohlar uchun 50 dollarga aylanadi, deb xabar beradi Curbed.

Shoxobcha mahalliy istirohat bog‘i va aeroport yaqinida joylashgan. Airbnb’da qoldirilgan e'lon sahifasida xonaning suratlari yo‘q — yoqilg‘i bekatining rasmi mavjud. Mazkur yashash maskani haqida sayyohlar tomonidan qoldirilgan izohlar ham hozircha yo‘q. 

AZS egasi taklif chinakam ekani va binoda cho‘milish xonasi ham, karavot va oshxona ham yo‘qligini qayd etdi. 

2016 yilning aprelida Airbnb foydalanuvchilarini antiqa ijara taklifi hayratga solgan edi: Londondagi tumanlarning birida joylashgan garaj yaqinida devor va tomsiz «xona» ijaraga berildi. Unga ko‘ra, sayyohlar 8 funt sterling (11 dollar atrofida) evazida ochiq osmon bag‘rida uy jihozlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan. 
 
 

Ko‘proq yangiliklar: