Bugun, 16 iyunda COSCOM MChJ XK O‘zbekistonda Ucell belgisi ostidagi faoliyatining 8-yilligi nishonlamoqda.
Ushbu kompaniya 1996 yilning aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyo bozorida GSM 900/1800 texnologiyasi orqali simsiz aloqa tizimini ilk joriy qilishga muvaffaq bo‘ldi.
COSCOM 2007 yildan boshlab xalqaro biznesning bir qismiga aylanib, TM Ucell nomi ostida ishlay boshladi va o‘z salohiyatini yanada oshirib, infratuzilmasiga ham, xodimlarini kasbiy rivojlantirishga ham jiddiy investitsiyalarni kiritishga o‘tdi. 2008 yildan boshlab kompaniya radio-kommutatsiya uskunalarini chuqur modernizatsiyalash, va nafaqat markaziy, balki olis, yetib borish mushkul va tog‘li hududlarni ham qamrab olishga va shu orqali tizimni yanada kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Shunda telekommunikatsiyalar infratuzilmasiga jiddiy xorijiy mablag‘lar kiritila boshlandi va ularning hajmi qariyb 1 mlrd. 200 mln. AQSh dollariga yetdi. Agar 2007 yilgacha kompaniya tasarrufida 500 ga yaqin baza stansiyalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 4000 dan ancha ortib ketdi!
Natijada Ucellning muvaffaqiyatli brendi millionlab fuqarolarning qalbini zabt etdi va Kompaniya bu yo‘lda eng muhim qadam qo‘ydi – uyali aloqani ziynat buyumidan O‘zbekistonning har bir fuqarosi bahramand bo‘la oladigan aloqa vositasiga aylantirdi. Bugungi kunda Ucell ning uyali aloqasi va mobil Internet xizmatlaridan qariyb 9 million nafar mijozlar samarali foydalanib, shu tufayli ularning hayoti yanada qulay, xavfsiz, zavqli va muvaffaqiyatli bo‘ldi:
- Ucell ning 2G tarmog‘idan O‘zbekiston aholisining 95 foizdan ortig‘i bahramand bo‘la oladi;
- Ucell ning 3G tarmog‘idan O‘zbekiston aholisining 46 foizdan ortig‘i foydalana oladi;
- 4G/LTE ning eng keng tarqalgan tarmog‘i Toshkent va Samarqand shaharlarida;
- Ucell ning mobil Internetidan 3 mln. dan ortiq mijozlar foydalanadi;
- Kompaniya 100 dan ortiq turli xizmatlarni taqdim etib, har qanday mijoz uchun ma'qul keladigan 18 turdagi tarif rejalariga ega (koporativ rejalardan tashqari!);
Mintaqalar uzoq-yaqinligiga qaramasdan, har bir inson foydalanish imkoniga ega bo‘lgan Internet tarmog‘i va sifatli servis xizmatlari bilan bir qatorda, Ucell mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat ofislarini yangilash (mamlakat bo‘ylab 23 taga yetdi!) hamda yo‘lovchilar transporti tizimi, xizmat ko‘rsatish va biznes tuzilmalar faoliyati sohasida kundalik hayotni soddalashtiruvchi M2M (machine-to-machine) yechimlarga ham investitsiyalarni kiritmoqda.
Ucell ning o‘ziga xos jihati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sherigi va yordamchisi bo‘lishga intilishi bilan ifodalanadi. Kompaniyaning 60 000 dan ortiq korporativ mijozlari, uning «Alohida balans», «4G ofisi» va «Internet barcha uchun» eksklyuziv xizmatlaridan foydalanib, o‘z bizneslarini kengaytirishga erishmoqdalar.
Bundan tashqari, Ucell muntazam ravishda abonentlar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, doimo aloqada bo‘lish va kundan-kunga turmushni yaxshilashga xizmat qiladigan yangi innovatsion xizmatlarni amaliyotga tatbiq qilmoqda. «Sarhadsiz muloqotlar» (ikki mamlakat raqamlari
ostidagi bir SIM-karta), «Mobil anons», «Raqamni band qilish», «Raqamni saqlab qolish» kabi va qator boshqa foydali xizmatlari mijozlarning haqiqiy ko‘makchilariga aylanmoqda. Tez fursatlarda esa kompaniyaning tashkil topgan kuniga bag‘ishlab, ko‘p yillar davomida Ucell ga sodiq qolib, uning abonentlari bo‘lib kelayotgan mijozlar uchun «Biz Sizlarni qadrlaymiz!» noyob xolislik dasturi ishga solinadi.
«Ucell 8 yil davomida ko‘p ishlarni amalga oshirishga erishdi. Bugungi kunda kompaniya keng rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lib, sheriklari va mijozlarining ishonchini qozondi”, – deb ta'kidlaydi Ucell Kompaniyasining Bosh Direktori Tonu Gryunberg. – “Barcha mijozlarimiz, sheriklarimiz va xodimlarimizga bunday ishonch va birgalikda erishgan muvaffaqiyatlarimiz uchun chin ko‘nglimdan minnatdorlik izhor etaman! O‘zlarining uyali aloqa operatori sifatida Ucell ni tanlayotganlar bu soha mamlakatda yanada rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shayotganlari, va biz bilan birga odamlar hayotini bundan-da yaxshilashni istayotganlari uchun bag‘ri keng insonlar ekanlarini albatta bilishlari lozim».
Kompaniya ijtimoiy loyihalar, milliy an'analarni bajonudil qo‘llab-quvvatlaydi va O‘zbekiston aholisi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlarni ilgari suradi. Ucell ko‘p holatlarda mamlakatning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirishga sherik sifatida o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, joriy yilning mart oyida respublikaning 10 mintaqalarida milliy Navro‘z bayrami keng nishonlandi. May oyida “Ucell Quvonch Makoni» 12-chi bolalar maydonchasini barpo etish ishlari yakunlandi, iyun oyining boshida esa «Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlab «Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatda yetakchilik» deb nomlangan yangi tashabbusni ruyobga chiqarishga kirishildi.
Kompaniya barchaga bildirgan ishonchlari uchun tashakkur aytadi va o‘z mijozlarining hayotini yanada yorqin va zavqli qilish yo‘lidagi sa'y-harakatlarini davom ettiradi!
Reklama huquqi asosida