Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi yo‘nalish ish boshlaydi

O‘zbekiston 16:40 / 15.06.2016 6215

15 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Aloqa muzeyida keng ommani kirish imtihonlaridagi yangiliklar bilan tanishtirish uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Inha universiteti logistika bo‘yicha yangi yo‘nalish ochmoqda. Ushbu yo‘nalishga 2016-2017 o‘quv yilida 80 nafar talaba qabul qilinadi.

Koreya Respublikasidagi Inha universitetining logistika sohasidagi o‘quv dasturi Koreyadagi uchta eng yaxshi dasturlardan biridir. Inha universiteti Hanjin kompaniyasining bir qismi bo‘lib, u kompaniyaning turli tuzilmalariga, jumladan, Korean Air kompaniyasi uchun mutaxassis yetkazib beruvchi asosiy o‘quv markazi hisoblanadi.

Yangi yo‘nalish O‘zbekiston hukumatining transport va logistika sohasiga qaratayotgan katta ahamiyati va logistika mutaxassislariga bo‘layotgan katta talabni hisobga olgan holda ochildi.

Ushbu yo‘nalishni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislar logistika jarayonlarini boshqarish – logistika kompaniyasini tuzishdan to uning faoliyatini yuritishga qadar bo‘lgan barcha bilimlarni egallaydilar.

Fakultetning yangi o‘quv dasturi xalqaro logistika, mahsulotlarni yetkazib berish tizimini boshqarish, yuk tashish, avia va temir yo‘l transportini boshqarish tizimi, biznes jarayonlarni boshqarish, resurslarni rejalashtirish hamda boshqarish va boshqa professional modullar asosida qurilgan.

Bitiruvchilar nafaqat xalqaro va mahalliy kompaniyalarda ish topa oladilar, balki logistika bo‘yicha o‘zlarining bizneslarini ham yuritishlari mumkin.
Hozirgi kunga kelib, universitet tomonidan majburiy va fakultativ bo‘lgan o‘quv darslari ishlab chiqarildi. Ular bilan universitetning saytida tanishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: