Toshkent Islom universiteti “Ziyo” studiyasi tomonidan Ramazon oyi mobaynida “Oriyat dono” radiokanali orqali “Ziyo chashmasi” radiodasturi efirga berib borilmoqda.
Ushbu radiodasturning bugungi eshittirishida Toshkent shahar “Xo‘ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov “Isrofgarlik - illat” mavzusida to‘xtalib, ne'matlar isrofi va uning salbiy oqibatlari xususida so‘z yuritadilar.
Dasturni kechgi soat 19:30 da takroran tinglashingiz mumkin.
Ertaga, ya'ni 16 iyun kuni tonggi soat 03:30 da aynan ushbu radiokanal orqali “Ziyo chashmasi” radiodasturining “Ramazon – ma'rifat oyi” mavzusidagi eshittirishini tinglashingiz mumkin.
Unda Toshkent shahar “Munavvar qori” masjidi imom-xatibi Sobirjon Rustamov Ramazon ilm-ma'rifat oyi ekani xususida so‘z yuritadilar.
Shuningdek, dasturni kechgi soat 19:30 da takroran tinglashingiz mumkin.