16 iyunda ham O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘irli havo davom etadi

O‘zbekiston 16:37 / 15.06.2016 5699

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Kechasi 11-16, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: