Toshkentning markazida qad rostlayotgan Hyatt Regency mehmonxonasida qurilish ishlari poyoniga yetmoqda

O‘zbekiston 00:18 / 22.04.2016 4364

Toshkentning markazida, Amir Temur ko‘chasi va Navoiy ko‘chalari kesishmasi yaqinida qad rostlayotgan Hyatt Regency mehmonxonasining qurilish ishlari poyoniga yetmoqda. Quruvchilar mehmonxonaning tashqarisi va ichkarisida pardozlash ishlarini deyarli yakuniga yetkazdilar va obektni rejalashtirilgan muddatda topshirishga va'da bermoqdalar.

Loyihaga ko‘ra, yangi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 301 xonali, jumladan 44 ta lyuks xonali bo‘ladi. Mehmonxonada 2 ta restoran, bar va launj hudud, bal zali, spa va fitnes klub joylashadi. Shuningdek, unda xalqaro anjuman va festivallar o‘tkazish uchun 1,2 ming kvadrat metr maydonga ega anjumanlar zali ham bo‘ladi.

Hyatt Hotels Corporation kompaniyasi mehmonxona Toshkentda yirik anjuman va festivallar o‘tkazish joyi bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

Ta'kidlash joizki, hukumat bu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan kompaniyalarga bojxona va soliq imtiyozlarini taqdim qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 205 mln dollarlik mehmonxona ochilishi joriy yilning 1 iyuliga belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: