BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi

Jahon 23:23 / 24.09.2024 4466

BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo afg‘on hukumatidan mamlakat ayollarini kamsituvchi barcha cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashni talab qildi, deb xabar beradi «Kazinform».

BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirda chiqish qilgan DiKarlo ushbu mamlakatdagi ayollarning ahvolini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmasligini, «chunki dunyoning biror nuqtasida toliblar joriy etganchalik cheklovlar yo‘qligini» ma’lum qildi.

U BMT Afg‘oniston bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Doha jarayoniga boshchilik qilishini eslatib o‘tgan. «Ushbu jarayon bosqichma-bosqich yondashuvni talab qiladi. Biz afg‘on hukumati de-faktor boshqaruvni inklyuzivlashtirishiga, ayol va qizlar huquqlarini, umuman olganda, inson huquqlarini hurmat qilishiga va terrorizm hamda givohvand moddalarga qarshi kurashni oshirishiga umid qilamiz. Xalqaro hamjamiyat buning evaziga o‘z cheklovlarini sekin-asta kuchsizlantirib boradi», — deydi Rozmari DiKarlo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarni o‘z majburiyatlarini bajarishga majburlash kerak.

«Maqsad shundaki, toliblarni o‘z majburiyatlarini avvalo afg‘on xalqi, keyin bo‘lsa, xalqaro hamjamiyat oldida bajarishga majburlash. Afg‘oniston faqat shu yo‘l bilan xalqaro hamjamiyatga qaytishi mumkin», — deya qo‘shimcha qiladi BMT vakili.

Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistondagi ayollarga erkaklarga qarash va jamoat joylarida baland ovozda gaplashishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi. Yangi tartib-qoidalar qayd etilgan 114 varaqli hujjat bilan afg‘on fuqarolarining kundalik hayotini tartibga solish bo‘yicha qat’iy choralar belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: