Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi

Jahon 23:35 / 24.09.2024 9995

Xitoylik haykaltarosh va faol Ay Veyveyning Bolonya shahrida tashkil etilgan ko‘rgazmasida mehmonlardan biri san’at asari namunasini sindirib qo‘ydi, deb xabar beradi CNN.

Veyveyning Instagram sahifasida e’lon qilingan kuzatuv kamerasi videosidan ko‘rish mumkinki, bir erkak haykalni yerga itarib, uni sindirgan va singan bo‘laklardan birini olib, boshi uzra ko‘targan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Ai Weiwei (@aiww)

Ta’kidlanishicha, hujum oqibatida haykaltaroshning oq-ko‘k rangli «Chinni kub» asari parchalangan.

Ko‘rgazmaga mas’ul bo‘lgan Arturo Galansinoning ma’lum qilishicha, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs san’at olamida taniqli inson hisoblanadi. «Afsuski, oxiri o‘ylanmay qilingan ishning muallifini Florensiyadagi qator ko‘rgazmalardagi tomoshalari sabab taniyman», — deydi Galansino.

Bolonya politsiyasining mahalliy OAVga ma’lum qilishicha, 57 yoshli chex muzey qo‘riqchisi tomonidan to‘xtatilganidan keyin qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik haykaltaroshning «Men kimman?» nomli ko‘rgazmasi 21 sentabr kuni ochilgan va u keyingi yilning 4 mayiga qadar davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: