Toshkentda eksport bo‘yicha amaliy biznes-anjuman bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 16:45 / 22.04.2016 2324

Biznes-anjuman davomida Dmitriy Dichkovskiy, Igor Kachalov hamda Maksimilyan Foyedinger kabi xalqaro miqyosdagi tajribali ma'ruzachilar muvaffaqiyatli eksport strategiyalarini qurishga oid bilimlari bilan o‘rtoqlashadilar.

2016y, Aprel, Toshkent sh. – Mamlakat eksport salohiyatitni oshirishga qaratilgan biznes-anjumanning mavzusi - «Tovarlar va xizmatlar eksporti – harakatlanish vaqti keldi!» deb nomlanadi. Tadbir doirasida ushbu ekspentlar shaxsiy tajribalariga tayangan holda amaliy misollar yordamida to‘g‘ri eksport strategiyasini qurish va unga rioya qilish haqida so‘zlab beradilar.

O‘zbekistonda tekstil sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar soni ko‘pligi bois, dastlabki ma'ruzachining mavzusi alohida e'tiborga molikdir. Mashhur «Milavitsa» kompaniyasi direktori sifatida 11 yil davomida faoliyat yuritgan Dmitriy Dichkovskiy kompaniyaning hususiylashtirish davridan tortib, to yetakchi xalqaro brendalardan biriga aylanguncha bosib o‘tgan mushkul yo‘li haqida so‘zlab beradi. U biznes-modelni qurish, kompaniya qiyin davrlarni boshidan kechirayotgan paytda ishlab chiqarish bazasini hamda malakali mutaxassislarni saqlab qolish, mahsulot xilma-xilligini va hususiy ulgurji savdo tarmog‘ini rivojlantirish, jamoa tasavvurida shaxsiy mol-mulkka egalik hissini o‘stirish kabi muhim omil va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Igor Kachalov, marketing sohasining muvaffaqiyatli maslahatchilaridan biri, sotuvlar va boshqarish masalalari bo‘yicha ekspert hisoblanadi. U «Sotish brendingi. Eksport kapitalini oshiruvchi yangi texnologiyalar» mavzusidagi master-klass o‘tkazishi rejalashtirilgan.

U quyidagi punktlarga alohida to‘xtaladi:

eksport bozori sig‘imini aniqlash va unga baho berish hamda brendning eskport sotuvlari salohiyati;
bugungi iste'molchilik yo‘nalishlari – sotib oluvchi shaxsiyatining o‘zgarib borishi, ertangi sotib oluvchi kim;
sotib oluvchiga qanday brend nomlari kerak, qaysi nomlar kamchiliklarsiz sotuvlar tezligini oshiradi;
sotuvlarni shakllantirishda brend dizayni roli va o‘rni: ishlatiladigan ranglar, shakllar, logotiplar va savdo belgilari dizaynida nechta element bo‘lishi kerak;
muvaffaqiyatli brend yechimlari.

Uchinchi ma'ruzachi Maksimilyan Foyedinger, avstriyalik iqtisodchi, trener va anjuman-ma'ruzachisining mavzusi tashqi bozorlarga chiqish haqidadir. O‘z prezentatsiyasida Foyedinger O‘zbekiston ishbilarmonlari faoliyat doirasiga yaqin va mos keluvchi xalqaro bozorlar borasida ma'lumot beradi. Shuningek, u qaysi mahsulot uchun qaysi bozor to‘g‘ri kelishi yo‘nalishida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalari, turli biznes sohalari uchun eksport strategiyalarini ishlab chiqish yo‘llari haqida so‘zlab beradi.
Biznes-anjuman doirasida taklif qilingan ekspertlar ishtirokida panelli diskussiya o‘tkaziladi. Unda xalqaro tajribani mamlakatimiz hududida qo‘llash imkoniyatlari keng muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ushbu tadbir mahsulot eksporti bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar menedjyerlari va mutahassislari, shuningdek mahsulotni tashqi bozorlarda to‘g‘ri sota bilish yo‘l-yuriqlarini o‘rgnaishni istaganlar uchun mo‘ljallagan.

Biznes-anjuman joriy yilning 18 may kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida qatnashchilarning o‘zaro muloqoti uchun vaqtlar ajratilgan. Barcha ishtirokchilarga biznes-anjuman qatnashchisi rasmiy sertifikati topshiriladi. Chiptalarni harid qilishga oid hamda boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni tadbirning rasmiy sayti orqali bilib olishingiz mumkin: www.change.uz. Telefonlar: (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11.

Jurnalistlar uchun aloqa:

Tadbirning matbuot-hizmati
“Maslov PR Tashkent”
Sevil Sakayeva
Tel: +99895 196 84 94
+99890 988 92 29
sevil.sakaeva@maslov-pr.com

Biznes anjuman tashkilotchisi:
“Be The Change Group”
Kamola Gulomjonova
Tel: +99890 994 12 11
+99890 995 12 11
info@change.uz

Ko‘proq yangiliklar: