Kuvayt restoranlar uchun O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

O‘zbekiston 16:14 / 12.11.2024 1887

Suhbat avvalida Dawat kompaniyasi ta’sischisi Muhammad al-Ajil joriy yil 19-22 oktyabr kunlari O‘zbekistonga qilgan safari haqida to‘xtaldi. U mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va turli sohalardagi yutuqlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ochiq ko‘ngilligini alohida ta’kidladi.

Kuvayt vakili restoran biznesini yanada kengaytirish, yangi shoxobchalarni ochish niyatini bildirdi. Rejaga ko‘ra, arab qahvasi hamda shirinliklari taklif etadigan qahvaxonalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ularga O‘zbekistondan qandolatchilar, qahva va boshqa ichimliklar tayyorlaydigan mutaxassislarni jalb qilish rejasi haqida ma’lum qilindi.

Tomonlar Dawat kompaniyasi taklif etayotgan restoranlarga ishchi kuchini jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tegishli shartnoma tuzishga kelishib oldilar.  

Ko‘proq yangiliklar: