Slovakiya bosh vazirining yuragi operatsiya qilindi

Jahon 17:14 / 22.04.2016 1626

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 22 aprel kuni yurak jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi. Operatsiya Bratislavadagi Yurak-qon tomirlari milliy institutida o‘tkazildi. Uni markazning bosh kardiojarrohi Mixal Gulman amalga oshirdi.

"Operatsiya odatdagidek o‘tdi. Bemorning ahvoli yaxshi", - deya jurnalistlarga xabar berdi Gulman. Fitso jonlantirish bo‘limida doimiy nazorat ostida bo‘lib turibdi.

Gulman opretsiyaga bog‘liq ma'lumotlarni berish va vazirning qancha muddat davolanishini prognoz qilishdan bosh tortdi.

"U bizning bu haqida ma'lumot berishimizni istamaydi", - dedi jarroh.

Bu orada Slovakiya OAVda hukumat rahbariga yurak mushaklarini qon va kislorod bilan ta'minlovchi jarrohlik opertsiyasi o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabar berishdi. Fitso kuz oylaridan o‘z vazifasini to‘liq bajarishga kirishishi taxmin qilinmoqda.

14 aprel kuni Robert Fitsoda yurak xuruji gumon qilinib, u shifoxonaga yotqizilgan. U yana ikki hafta davomida shifoxonada mutaxassislar nazorati ostida bo‘ladi va keyin uzoq tiklanish jarayoni kechadi. Ekspertlar bosh vazirning qachon o‘z vazifasini o‘tashga kirishishini oldindan taxmin qilishni rad etishdi.

Ko‘proq yangiliklar: