Janubiy Koreyada poyezd izlardan chiqib ketishi oqibatida 8 kishi jarohat oldi

Jahon 06:20 / 22.04.2016 837

22 aprelda ertalabki payt Janubiy Koreyaning Yosu port shahrida yo‘lovchi poyezdi temir yo‘l izlaridan chiqib ketdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana 8 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, poyezdda 23 kishi bo‘lgan. Jabrlanganlar soni oshishi mumkin. Falokat tufayli Sunchxon va Yosu shaharlari orasidagi temir yo‘l aloqasi uzilgan. Voqea joyida qutqaruvchilar va ta'mirlash brigadalari ish olib bormoqda.

Tegishli idoralar falokat sababini aniqlashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: