HTC 10 hamda iPhone 6S kameralari “bellashdi”

Fan-texnika 15:51 / 22.04.2016 2099

HTC gigantlari ko‘p yillardan beri suratga olish yuqori sifati bilan maqtana olmayotgan edi. HTC One (M7) telefonida kompaniya birinchi marta UltraPixel texnologiyasini qo‘lladi va yuqori pikselli kamera hajmini o‘rnatdi. Keyingi modellarida esa ishlab chiqaruvchi bu yangiligini davom ettirmadi, raqobatchilar esa vaziyatdan unumli foydalanib ilgarilab ketdi.

Yangi HTC 10 telefonida kompaniya izlanishlarini yana yo‘lga qo‘ya oldi va modelning kamerasi bozorning eng oldi mahsulotiga aylandi. DxOMark nufuzli manba HTC 10 manbasiga 88 balli yuqori baho berdi. Bugun internet tarmog‘ida HTC yangi telefoni hamda Apple’ning iPhone 6S olgan suratlar taqqoslangan material paydo bo‘ldi.

Ma'lumki, HTC 10 telefoniga f/1,8 diafragmali va katta hajmli - 1,55 mkm pikselga 12 megapikselli UltraPixel moduli o‘rnatilgan. Bundan tashqari, kamerada ifodani optik jihatdan mo‘'tadillashtirish, ikki martalik chaqnoq va lazerli avtofokus qo‘llangan. iPhone 6S telefonida ham f/2,2 diafragmali va 1,22 mkm piksel hajmga ega 12-megapikselli sensor o‘rnatilgan. Bu modelda optik mo‘'tadillashtirish funksiyasi yo‘q.

Quyida HTC 10 (chap tomonda) hamda iPhone 6S (o‘ng tarafda) telefonlarida olingan suratlardan misollar:

Ko‘proq yangiliklar: