Boeing 150 kishilik tor fyuzelyajli samolyot ishlab chiqaradi

Jahon 11:46 / 22.04.2016 1142

Boeing Amerika korporatsiyasi 737 MAX tor fyuzelyajli havo kemalari oilasini yangi Boeing 737 Max 7X samolyoti bilan boyitmoqchi. U Boeing 737 Max samolyotiga nisbatan ko‘proq yo‘lovchilarni sig‘dira oladi va uzoqroq masofaga ucha oladi. Ularning ishlab chiqarilishi 2019 yilga rejalashtirilgan. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga tayanib, TASS xabar qildi.

Gazetaga ko‘ra, yangi samolyot 150 kishini tashiy oladi va 126 yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyotning o‘rnini bosadi. Loyihani amalga oshirishdan avval korporatsiya yaqinda 737 seriyadan 45ta samolyot buyurtma qilgan United Continental xoldingi va Southwest Airlines aviakompaniyasi roziligini olishi lozim.

Nashrga binoan, Boeing 737 Max 7X kanadalik Bombardier aviaquruvchi kompaniyasi bilan raqobatda tor salonli yo‘lovchi tashuvchi samolyotlar pozitsiyasini saqlab qolish uchun o‘ylab chiqildi.

Yangi modelni sinovdan o‘tkazish 2016 yilning birinchi yarmida mo‘ljallangan. Hozir samolyot uchisholdi sinov parvozlarini amalga oshiradi.

Tor fyuzelyajli yangi samolyotlar yoqilg‘i kam sarflashi va foydalanish samaradorligi bilan sifatlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: