Yaponiya hukumati Mitsubishi Motors qonunbuzarliklariga keskin chora ko‘radi

Jahon 11:59 / 21.04.2016 804

Yaponiya hukumati mamlakatning Mitsubishi Motors avtomobil konserni tomonidan sodir etilgan qonunbuzarlik uchun jiddiy choralar ko‘radi. Kontsern rahbariyati, bir necha kichik litrajli modellari yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq ma'lumotlarni qasddan o‘zgartirganini tan olgan edi. Bu haqda, kunchiqar yurt vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suga bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iste'molchilar ishonchiga putur yetkazuvchi bu kabi amaliyotlar "jiddiy hodisa"dir.

Bundan avval, Yaponiya yer, infraqurilmalar, transport va turizm vazirligi xodimlari, kompaniya bosh qarorgohi va tadqiqot markaziga tekshirish maqsadida kelishgan edi. Ayni vaqtda, kompaniyani javobgarlikka tortish, xususan, jarima solish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Qonunda belgilangan me'yorlarni buzish hollarini kompaniya prezidenti Tetsuro Aikava e'tirof etgan. Ayrim rusumdagi avtomobillar, qoidalarga nomuvofiq ravishda sinovdan o‘tkazilgan va raqamlar o‘zgartirilgan.

2013 yil o‘rtalaridan ishlab chiqarila boshlagan eK-Wagon, eK-Space hamda Nissan kompaniyasining Dayz mashinalari yoqilg‘i sarfi o‘zgartirilgan. Yaponiyada 625 mingga yaqin shu turdagi mashinalar sotilgan.

Axborot manbalari ushbu xabarlarni e'lon qilgach, Mitsubishi Motor aksiyalari 15 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.

Ko‘proq yangiliklar: