Xadji Qozonning «Rubin» jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladi

Sport 19:24 / 21.04.2016 1433

Ayni vaqtda «Viitorul» jamoasi bosh muabbiyi hisoblanadigan George Xadji mavsum yakunlangach, Qozonning «Rubin» jamoasini boshqarishga kirishadi. Bu haqda Ruminiyadagi Look TV xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, ushbu mutaxassis bo‘lajak jamoasi bilan kelishuv imzolab bo‘lgan. Shartnomaning jihatlari oshkor etilmayapti.

Ayni vaqtda uning boshqaruvidagi «Viitorul» jamoasi Ruminiya chempionatining beshinchi o‘rnida bormoqda va peshqadamdan 25 ochko ortda qolgan.

O‘tgan yilning dekabrida Xadji «Rubin» taklifini rad etgan va o‘zi 2009 yilda asos solgan jamoada faoliyatini davom ettirmoqchiligini ma'lum qilgandi.

Mahalliy manbalar xabariga ko‘ra, qozonliklar jamoasi ushbu mutaxassisga yiliga 4 mln yevro maosh to‘lamoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: