Taekvondo (WTF). 2017 yil Toshkentda I Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi

Sport 17:42 / 21.04.2016 2394

Filippinda Taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatlari doirasida Manila shahridagi Marriot Grand Ballroom otelida Osiyo taekvondo uyushmasining navbatdagi assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidan o‘rin olgan bir qator masalalar bilan birga ushbu sport turining yangi qonun-qoidalari, 2015 yil yakunlari, qit'ada pumseni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari, kelgusi yildan boshlab o‘tkaziladigan Osiyo ochiq turniri bahslarini tashkil etishga doir vazifalar kelishib olindi.

O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi matbuot xizmatidan ma'lum qilinishicha, ilk bor tashkil etiladigan Osiyo ochiq birinchiligiga bir necha da'vogar orasidan Toshkent shahri mezbonlikka loyiq topildi. Buning uchun ushbu musobaqaga da'vogarlik qilgan har bir davlat o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Sarvar Shomusarov ma'ruzasida O‘zbekiston sport salohiyati va nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi imkoniyatlariga atroflicha to‘xtalib o‘tgan.

Osiyo ochiq birinchiligi olimpiada reytingiga ballar taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Ko‘proq yangiliklar: