Sport kurashlari. O‘zbekiston vakillari “Rio-2016” yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi

Sport 17:07 / 21.04.2016 1083

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari 22-24 aprel kuni Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tkaziladigan birinchi jahon lisenzion musobaqasida ishtirok etish uchun Ulan-Bator shahriga jo‘nab ketdi.

Mazkur nufuzli musobaqada erkin va yunon-rim kurashida 1-3 o‘rinlarni, ayollar kurashida esa 1-2 o‘rinlarni egallagan sportchilar XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Jahon lisenzion turnirini yunon-rim kurashchilari boshlab beradi. 22 aprel kuni o‘tkaziladigan bahsda 59, 66, 75, 85, 130 kg vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning ikkinchi kuni ayollar o‘rtasida 48, 53, 58, 63, 69, 75 kg vazn toifalari bellashuvlar o‘tkazilsa, 24 aprel kuni erkin kurash bo‘yicha 57, 65, 74, 86, 97, 125 kg. vaznlarda bahslar bo‘lib o‘tadi.

Quyida Mo‘g‘ulistonga yo‘l olgan terma jamoa tarkibi berilgan:

Yunon-rim kurashi: - Yelmurat Tasmuradov (-59 kg), Nurbek Xolmuhammatov (-66 kg), Suhrob Fattoyev (-98 kg), Mo‘'min Abdullayev (-130 kg).

Ayollar kurashi: - Zuhra Mustanova (-53 kg), Nabira Yesenbayeva (-58 kg).

Erkin kurash: - Nodirjon Safarov (-57 kg), Rashid Qurbonov (74 kg), Umidjon Ismanov (-86 kg), Magomed Ibragimov (97 kg), Hasanboy Rahimov (-125 kg).

Ko‘proq yangiliklar: