Obama: AQSh ham, Fors ko‘rfazi davlatlari ham Eron bilan ixtilofga bormoqchi emas

Jahon 22:54 / 21.04.2016 2317

AQSh ham, Fors ko‘rfazi davlatlari ham Eron bilan ixtilofga borishdan manfaatdor emas, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama.

"Bizning davlatlardan birortasi Eron bilan ixtilofga borishdan manfaatdor emas", deb Obamaning "AQSh-Fors ko‘rfazi" sammiti yopilishida aytgan so‘zlarini "Frans Press" agentligi keltirib o‘tdi.

Obama Ar-Riyodga 20 aprelda yetib keldi va shu kunning o‘zida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan ikki soatlik muzokaralar o‘tkazdi. Obama muzokaralar davomida Fors ko‘rfazi davlatlarining Eronning bu mintaqadagi siyosatidan xavotirlanayotganlarini tushunishini bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: