OAV: Yelizaveta II 90 yillik yubileyi kunida taxtni topshiradi

Jahon 11:41 / 21.04.2016 1110

Jurnalistlarning taxmin qilishicha, 21 aprel kuni 90 yoshni qarshilaydigan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II o‘z taxtini topshirishi haqida ma'lum qiladi.

Globe nashri ma'lumotiga ko‘ra, u taxtni o‘zining birinchi valiahdi, o‘g‘li Charlzga emas, nabirasi Uilyamga qoldiradi.

Nashrning yozishicha, Yelizaveta II rasman 2016 yilning 31 avgust kuni hukmdorlikdan ketadi.

"Qirolicha o‘z muammolaridan toliqqani ko‘rinib turibdi. U o‘g‘li va kelini bilan bog‘liq mojarolardan charchagan. U o‘z yubileyi arafasida bu mojaro avj olishi tufayli, yubileyi kuni taxtni o‘g‘liga emas, nabirasiga qoldirishi haqida ma'lum qilishi kutilmoqda", deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq, shahzoda Charlz va uning rafiqasi, malika Kamilla Boulz mojarolar markazida qolgandi. Mart oyida avstraliyalik Saymon Dorante-Dey o‘zini ularning nikohsiz tug‘ilgan farzandi ekanini aytgan hamda DNK tekshiruvi o‘tkazishni talab qilgan.

Bu xabarlarga Bakinghem saroyidagilar munosabat bildirishmagan.

2015 yilning 9 sentabrida qirolicha Yelizaveta II boshqaruv davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. U hukumat tepasida 63 yil, yetti oy va ikki kun turgan o‘zining katta buvisi qirolicha Viktoriya rekordini yangilagan.

Ko‘proq yangiliklar: