«Liverpul» xo‘jayini «Everton»ni qishloqi jamoa deb atadi

Sport 18:30 / 21.04.2016 1079

«Liverpul» jamoasi xo‘jayini Jon Henri 20 aprel kuni «Everton» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabaga qisqacha munosabat bildirib o‘tdi.

Ikkinchi taym vaqtida «irislar» jamoasi himoyachisi Ramiro Funes Mori hujumchi Divok Orijiga qattiq jarohat yetkazdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

«Liverpul» xo‘jayini o‘yin statistikasi keltirilgan suratni tvitteriga joyladi. Unda «qizillar»ning to‘liq ustunlik qilgani ko‘rinib turadi. Jon Henri tvitga shunday izoh bergan: «Hunarmandlar jamoasi Divokka qarshi».

«Hunarmandlar ligasi» professional bo‘lmagan turnirlarga nisbatan qo‘llanadi va bunday turnirda kichik shaharchalar jamoalari ishtirok etadi. Shundan kelib chiqqan holda, u raqiblar jamoasini «qishloqi jamoa» deya atagan deyish mumkin. Bu tvitni 4,5 mingdan ortiq foydalanuvchi retvit qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: