Klichko Fyuridan o‘ch olishga va'da berdi

Sport 23:29 / 21.04.2016 979

Ukrainalik bokschi, sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko britaniyalik bokschi Tayson Fyuridan o‘ch olishga va'da berdi. Aynan Fyuri 2015 yil noyabrdagi jangda Klichkodan 4 ta chempionlik kamarini tortib olgan.

Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 2016 yil 9 iyulda Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

16 fevralda Fyuri 10 mln yevroga revansh o‘tkazish majburiyatidan ozod bo‘lmoqchi bo‘lgan. Bundan 2 hafta avval BAAlik shayx Fyuriga Klichko bilan jangni xususiy yaxtada o‘tkazishni taklif qilgan, biroq bokschi bu taklifni rad etgan.

2015 yil 28 noyabrdagi jangda hakamlarning bir ovozlik qarori bilan g‘alaba Fyuriga berilgan. Fyuri Klichkoni IBF, IBO, WBO va WBA chempionlik kamarlaridan mahrum etgan. Keyinroq britaniyalikning o‘zi ham majburiy da'vogar – ukrainalik Vyacheslav Glazkov bilan uchrashishdan bosh tortgani uchun IBF kamaridan mahrum etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: