Gretsiyada olimpiya mash'alasini o‘t oldirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Sport 16:51 / 21.04.2016 1297

Gretsiyada an'anaviy olimpiada o‘yinlari mash'alasini o‘t oldirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir mamlakatning Zevs haykali joylashgan Peloponnes yarimorolida o‘tkazilgan.

Braziliyadagi milliy estafeta bosqichi 3 may kuni Brazilia shahrida boshlanadi va olimpiada o‘yinlari boshlanadigan 5 avgust kuni Rio-de Janeyro shahrida yakuniga yetadi.

95 kun davomida olimpiya mash'alasi estafeta ko‘rinishida yer sharining 20 ming kilometr, havoda 10 ming mil masofa bosib o‘tadi.

Shuningdek, mash'ala Braziliyadagi 329 aholi yashash punktlaridan o‘tadi. Estafetada jami bo‘lib 12 ming kishi qatnashadi.

Ko‘proq yangiliklar: