Germaniya moliya vazirligi: mamlakatda har yili 100 mlrd yevrodan ko‘proq pul yuviladi

Jahon 19:17 / 21.04.2016 1173

Germaniyada har yili 100 mlrd yevrodan ko‘proq pul yuviladi, deb xabar bermoqda Germaniya moliya vazirligining har oylik hisobotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bunday bitimlar asosiy moliya sektoridan tashqarida amalga oshiriladi va mamlakatdagi pul firibgarliklarining katta qismini tashkil qiladi.

"Tadqiqot prognozlari nomoliyaviy sektordagi har yilgi "qora dog‘"ni 15-18 ming shubhali holatlar bilan baholash kerakligini ko‘rsatdi. Ayniqsa iqtisodiy bitimlar sohasida pullarni yuvish xatari yuqori. Iqtisodiy bitimlar ko‘pchilik hollarda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarda mujassamlashgan. Birinchi navbatda gap ko‘chmas mulkni sotish va umuman qurilish sohasida ketmoqda", deyilmoqda hisobotda.

Germaniyada har yili pul yuvish hajmi 100 mlrd yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi, bu avval taxmin qilingandan ikki barobar ko‘proqni tashkil qiladi. Shubhali bitimlarning katta qismi ko‘chmas mulk hamda qadimiy va qimmatbaho buyumlarni sotish sohalarida amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: