«Boko Haram» jangarilari otlarda hujumga o‘tib, Nigeriyadagi qishloqqa o‘t qo‘ydi

Jahon 17:33 / 21.04.2016 1126

«Boko Haram» terrorchi guruhining otlarga mingan jangarilari Nigeriya shimoli-sharqidagi qishloqlardan biriga hujum uyushtirdi va unga o‘t qo‘ydi. Frans Press agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum natijasida 11 kishi o‘ldirildi.

Bu hodisa Damaturu shahridan 150 kilometr masofada joylashgan Zango qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

"Jangarilar yarim tunda hujumga o‘tdi va qishloqdagilarni o‘qqa tuta boshladi. Shundan so‘ng mahalliy aholi vakillari jungliga qochgan. Jangarilar esa qishloqdagi uylarni teg-tugi bilan yoqib yuborgan", deya harbiylarga ko‘mak berish xizmati vakili Aysami Mammananing so‘zlarini keltiradi agentlik.

Shunga o‘xshash voqea, 2 hafta oldin Gulani okrugida ro‘y bergan, o‘shanda ham otliqlar otryadi qishloqqa hujum uyushtirib, 20 kishini o‘ldirgan edi.

Nigeriya shimoli-sharqida «Boko Haram» tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu guruh vakillari g‘arbona hayotni inkor qilib, butun mamlakatga shariat qoidalarini joriy etmoqchi bo‘ladi. Jangarilar mamlakat ichida tinimsiz teraktlar va hujumlar uyushtirish bilan cheklanmasdan, Niger, Kamerun va Chadga ham bosqinlar amalga oshiradi.

Ko‘proq yangiliklar: