Avstraliyalik harbiylar yana uch yil muddatga Afg‘onistonda qoladigan bo‘ldi

Jahon 12:06 / 21.04.2016 1191

Avstarliyalik harbiylar yana uch yil muddatga Afg‘onistonda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Avstraliya qurolli kuchlarining Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi kontingenti qo‘mondani, havo kuchlari vitse-marshali Tim Inns ma'lum qilgan.

"Ayni damda biz uch yilni Afg‘onistonda o‘tkazamiz. Bu vaqt tugagach, bu masalani yana o‘ylab ko‘ramiz", — dedi u.

Vitse-marshalning ta'kidlashicha, Afg‘onistonda harbiy bo‘linmalari mavjud G‘arb davlatlari e'tiborlarini mamlakatda joylashgan IShID terrorchilik tashkilotiga qaratishgani ma'qul.

"U juda ayyor, faol va sharoitga moslanuvchan dushman", — deb o‘tdi Inns.

Ko‘proq yangiliklar: