Yaponiyada 40 yil muqaddam barpo etilgan atom reaktorlari ilk marotaba xavfsiz deb topildi

Jahon 15:02 / 20.04.2016 1042

"Fukusima-1" AESda yuz bergan halokatdan so‘ng, "Takaxama" AESning birinchi va ikkinchi reaktorlari xavfsiz deb topildi. Ular 1974-75 yillarda ishga tushirilgan edi.

2011 yil mart oyida yuz bergan zilzila va sunamidan so‘ng, "Fukusima-1" AESda avariya yuz bergan, mamlakat hukumati esa, 40 yildan avval qurilgan barcha atom stansiyalari faoliyatini noma'lum muddatga to‘xtatgan edi.

Ammo, keyinchalik, yangi xavfsizlik talablariga javob beradigan bo‘lsa, ulardan yana 20 yil davomida foydalanish mumkinligiga ishoralar qilingandi.

2016 yil 20 aprel kuni Atom energetikasi nazorati bo‘yicha davlat qo‘mitasi "Takaxama" AESi ilk ikki reaktori umuman xavfsizlik me'yorlariga javob beradi, deb topdi. Ekspertlarning fikricha, bu reaktorlarni qayta ishga tushirish uchun tashlangan qadamdir.

Stantsiya operatori bo‘lgan Kansai Electric Power kompaniyasi 7 iyulgacha yana ikki marta jiddiy tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Ularda bino va uskunalarning eskirganlik darajasi hamda AESning seysmik bardoshligi ko‘zdan kechiriladi.

Agarda davlat qo‘mitasi ikki reaktorlarni qayta ishga tushirishga ruxsat bersa, Kansai Electric Power kompaniyasi, stansiya xavfsizligini kuchaytirish maqsadida qo‘shimcha ishlarni amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, 200 milliard iyen (1,8 milliard dollarga yaqin) va 3 yil talab etiladi.

"Takaxama" AESining uchinchi va to‘rtinchi reaktorlari esa, davlat qo‘mitasining ijozatiga qaramay, ularni xavfli deb topgan sud qaroriga binoan to‘xtatilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: