Xitoy milliy valyutaning dollarga nisbatan kursini mustahkamladi

Iqtisodiyot 15:43 / 20.04.2016 1359

Xitoy xalq banki (markaziy banki), yuanning dollarga nisbatan kursini yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichda mustahkamladi. Xitoy markaziy banki, bir dollarni 6,4579 yuanga teng qilib belgilagan. 19 aprel kungi rasmiy almashuv kursi 1 dollarga 6,4700 etib tayinlangan edi.

Xitoy bosh moliya muassasasi 2016 yil 1 aprel kuni ham bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan edi. O‘shanda, bir dollar 6,4585 yuanga teng etib belgilangan edi.

Ekspertlarning fikricha, Xitoy hukumati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuanni Amerika dollariga nisbatan devalvatsiyasi (qadrsizlanishi)ni qasddan amalga oshirmoqda. Bosh vazir Li Ketsyan, Xalq banki raisi Chjou Syaochuan va boshqa rasmiy shaxslar ushbu ayblovlarni bir necha bor inkor etishgan va Xitoy rasmiy kursni qasddan tushirishga qarshi ekaniga ishontirishgandi.

XXR raisi Si Tszinpin ham AQSh prezidenti Barak Obama bilan Vashingtonda o‘tkazgan uchrashuvida, eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy valyutani qadrsizlantirish rejasiga qarshi fikr bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: