WSJ: Amerikaning eng yirik sarmoya banki daromadi 60 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 15:32 / 20.04.2016 1394

Amerikaning Goldman Sachs yirik sarmoya banki daromadi 2016 yil birinchi kvartalida 60 foizga pasayib ketdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Bank chop etgan hisobotga ko‘ra, uning 2016 yil birinchi kvartal bo‘yicha daromadi 1,14 milliard dollar yoki har bir aksiya uchun 2,68 dollarni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davr ko‘rsatkichidan 60 foizga kam. O‘tgan yili bank birinchi kvartalda 2,84 milliard dollar yoki har bir aksiya uchun 5,94 dollar daromad olgan.

Bundan tashqari, bu raqamlar 2006 yildan buyon eng past ko‘rsatkichdir.

"Biroq, bu yilgi daromad analitiklar kutganidan yuqori bo‘ldi", deb yozadi WSJ.

Ko‘proq yangiliklar: