Tayson Fyuri: Klichko mag‘lubiyati menga umrbod kifoya qiladigan boylik taqdim etdi

Sport 17:19 / 20.04.2016 1411

WBA, WBO va IBO tasniflari bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda jahon chempioni Tayson Fyurining bayonot berishicha, ushbu toifada bir necha yillardan beri yengilmas bo‘lib kelayotgan Vladimir Klichkoni mag‘lub etganidan so‘ng, boksni davom ettirishga hech qanday sabab ko‘rmayapti. Britaniyalik bokschining aytishicha, shu bois faoliyatini yakunlasa ham bo‘ladi.

"Men allaqachon kelajagimni ta'minlab bo‘ldim. Ringga chiqmasamda, 100 yoshga kirguncha yoki o‘lgunimcha ishlamasam ham bo‘ladi. Shu boisdan ham nevara-chevaralarim haqida qayg‘urayapman. Men boksdagi barcha orzularimga erishdim, yengilmas chempionni mag‘lub etdim. Endi men faqat pul uchungina ringga chiqaman. Hozircha, bir necha hafta shug‘ullanib ko‘raman, o‘zimni yaxshi his qilsam, davom etaman, yomon bo‘lsa, boksni to‘xtataman", – degan Tayson Fyuri.

Ko‘proq yangiliklar: