Suratga olish guruhi Avstraliyada "Yangi Robinzon"ni qutqarib qoldi

Jamiyat 17:10 / 20.04.2016 1900

Animal Planet tasvirga olish guruhi Barrani oroli yaqinidagi inson qadami yetmagan orolda qolib ketgan odamni qutqardi.

Guruh Jyeremi Ueyd ishtirokida Avstraliya shimolida “Dengiz maxluqlari” (“Rechnyye monstry”) dasturini suratga olayotgan edi.

Yo‘qolib qolgan odam Tremayn ismli baliqchi ekani ma'lum bo‘ldi.

Erkak tashnalikdan aziyat chekkan va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. U ustritsalar ovlash uchun orolga yo‘l olgani, biroq qayiqni boshqara olmay, okeanga suzib ketganini so‘zlab bergan.

“Robinzon” ikki kun davomida jazirama quyosh ostida qolib ketgan va tashnalikdan halok bo‘lishi ham mumkin edi. Chunki orolda chuchuk suv bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: