«PSJ» va «Zenit» Pellegrini uchun raqobatlashadi

Sport 21:26 / 20.04.2016 910

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini faoliyatini Fransiyaning «PSJ» jamoasida davom ettirishi mumkin.

AS nashri xabariga ko‘ra, chililik mutaxassis mavsum yakunida o‘z o‘rnini Xosep Gvardiola egallashidan keyin ishsiz qolmaydi. Xabar qilinishicha, «PSJ» rahbariyati Pellegrini nomzodini Loran Blan o‘rniga bosh murabbiy etib tayinlash uchun ko‘rib chiqmoqda. Blan YeChLda aynan Pellegrini boshqaruvidagi jamoadan mag‘lub bo‘lib, chorak finalda turnirni tark etgan va rahbariyat ishonchini oqlolmagandi.

Bundan avvalroq, ushbu mutaxassis «Zenit» bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: