O‘zbekistondagi supermarket va biznes-markazlarida aloqa sifati yaxshilanadi

O‘zbekiston 18:08 / 20.04.2016 1567

Mobil aloqa bo‘yicha milliy operator, yirik inshootlarda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida choralar ko‘rmoqda, deyiladi Uzmobile rasmiy sahifasida.

Ma'lumotlarni uzatishni sifatli ta'minlash maqsadida, operator Lamp Site baza stansiyalarini o‘rnatmoqda. Ular, savdo markazlari, ko‘rgazmalar zali, biznes markazlar kabi katta maydonli binolar ichida aloqa sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, yangi uskuna Toshkentdagi "Samarqand darvoza" savdo-ko‘ngilochar majmuasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu yerda, Mobil operatori mijozlari aloqa sifati va mobil internet tezligini sinab ko‘rishlari mumkin.

Yaqin orada, milliy operator yangi texnologiyalarni ijtimoiy mohiyat kasb etuvchi inshootlar va jamoat joylariga ham o‘rnatishni boshlaydi.

2020 yilga kelib, o‘zbek mobil aloqa operatorlari, o‘z baza stansiyalarini 6 mingtagacha yetkazadi. Tizimda modernizatsiya ishlarini olib borishda asosiy e'tibor 3G, 4G va LTE texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Ko‘proq yangiliklar: