Lavrov: Suriyadagi urushni hech kim yuta olmaydi

Jahon 15:15 / 20.04.2016 1169

Ba'zi tashqi o‘yinchilar Suriyadagi tuzumni kuch bilan ag‘darishni orzu qilmoqdalar, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Bashar Asad urushni yuta oladimi degan savolga kelsak, uni hech kim yuta olmaydi. Bu barcha ekspertlar tomonidan tan olinmoqda. Biroq, tuzumni kuch bilan ag‘darib tashlamoqchi bo‘lgan tashqi frontda bir nechta alohida o‘yinchilar bor, ular buning uchun barcha narsani, jumladan Jyenevadagi muzokaralarni barbod qilishga ham harakat qilmoqda. Fikrimcha, AQSh va Fransiya bunday harakatlarga qat'iy qarshilar", deb aytdi Lavrov.

Lavrov Rossiya Suriyaga kuch bilan ta'sir qilish ro‘yobga chiqmasligi uchun barcha narsani qilishini aytdi, chunki bu yana bitta davlatning barbod bo‘lishiga olib keladi.

"Biz harbiy qaror, kuch bilan ta'sir qilish ustun bo‘lmasligi uchun barchasini qilamiz. Chunki bu mintaqadagi yakuniy tartibsizlikka, Iroq va Liviyadan keyin yana bitta davlatning barbod bo‘lishiga yo‘ldir. Yamanni ham yaxshi ko‘rinishda deb bo‘lmaydi", deb aytdi Lavrov.

"Bunday rejalarni tuzuvchilarni javobgarlikka tortish kerak", deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

Lavrov, shuningdek, Rossiya va Fransiya "yarashuv tartibiga amal qilishga erishish, uning buzilishining oldini olish, mamlakatdagi muhtojlarga insonparvarlik yordamining yetib borishini kengaytirishda yordam berishni davom ettirish" zarur deb hisoblashlarini ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: