Ispaniyalik pensioner "Don Kixot" asarini 17 mingta tvitga joyladi

Jamiyat 17:50 / 20.04.2016 1021

Barselona shahridan bo‘lgan pensioner, kasbi dasturchi bo‘lgan Diyego Buyendia ispaniyalik atoqli yozuvchi Servantesning "Lamanchlik ziyrak idalgo Don Kixot" nomli asarini bo‘lib-bo‘lib tvitterda tarqatmoqda. Bu haqda El Colombiano nashri xabar bergan.

U o‘z tajribasini 2014 yilning 1 sentabrida boshlagan. U har bir yoki 2 soatda romandan bir parchani tvitterga qo‘yuvchi maxsus algoritm ishlab chiqqan.

Ayni vaqtda Buyendia ochgan akkauntda 8 ming nafardan ortiq follover yig‘ilgan va ular orasida mamlakat bosh vaziri Mariano Raxoning nomi ham bor.

Romanni bunday antiqa usulda tarqatish g‘oyasi unda bir necha yil oldin paydo bo‘lgandi. Uning rejasiga ko‘ra oxirgi tvit Servantesning o‘limiga 400 yil to‘lgan kunda yoziladi.

Migel Servantesning mashhur «Don Kixot» («Lamanchlik uddaburron idalgo Don Kixot») romanining birinchi tomi 1605 yilda, ikkinchi tomi esa 1615 yilda chop etilgan. Asar dunyoning barcha asosiy tillariga o‘girilgan, uning asosida spektakl va myuzikllar qo‘yilgan, shuningdek, 50 dan film va seriallar ishlangan.

Ko‘proq yangiliklar: