2016 yil boshida taqdim etilgan eng yaxshi gadjyetlar ro‘yxati

Fan-texnika 17:59 / 20.04.2016 2042

Texnologiya olami uchun 2016 yilning birinchi kvartali ortda qoldi. Turli kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan gadjyetlar odamlar tomonidan har xil kutib olindi. Quyida joriy yil boshidan beri taqdim etilgan gadjyetlar ruyxati bilan tanishishingiz mumkin.

Samsung Galaxy S7/S7 Edge 

Hozircha flagman smartfonlarining yil sarhisobi bo‘yicha natijalari haqida bir nima deyish qiyin, biroq Samsung Galaxy S7/S7 Edge – g‘alaba uchun eng yaxshi nomzod. 

Qoyilmaqom ekran, bozordagi eng yaxshi kameralar, ishning tezligi va davomiyligi, tezkor quvvatlagich, namlik muhofazasi, MicroSD xotira kartalarini ko‘tara olish, minimal romli ekranga ega bo‘lgan ajoyib tashqi ko‘rinish (ayniqsa, Edge smartfonlarida) – umuman olganda barchasi tushunarli.  

TouchWiz qobig‘i, albatta, lol qoldira olmasligi mumkin. Biroq, LG G5 va NTS 10 muvaffaqiyatiga qaramay, Samsung Android-telefonlari orasida yana qaysidir muddatgacha yetakchi bo‘lib qolaveradi. 

Amazon Echo Dot

Amazon Echo – bu uy uchun eng qulay bo‘lgan gadjyetlardan biri. Amazon Echo Dot ham xuddi u kabi vazifani bajaradi, lekin biroz kichikroq hajmda bo‘lib, narxi ham arzonroq. Orginal Echo’dan farqli ravishda, ancha yuqori sifatli ovoz tinglash imkoniyatini beruvchi imkoniyatga ega. Bu gadjyet uyning boshqaruv markazi rolini o‘ynashi va siz uchun pitssa buyurtma qilishi ham mumkin.

Apple iPad Pro (9,7 dyuymli)

Agarda qurilma nomidagi Pro so‘ziga jiddiy qaraydigan bo‘lsak, do‘kondan bu gadjyetni olib ketganingizdan keyin MacBook’ning qimmat va kichik rusumini sotib olgandek o‘zingizni his etasiz. Agarda bunga ahamiyat bermasak, bozordagi eng yaxshi premium rusumidagi planshetni qo‘lga kiritgan bo‘lasiz.

Uning avtomat tarzda ranglarni sozlay oladigan ekraniga qarashning o‘zi bir rohat. iOS esa planshetlar uchun eng zo‘r dasturiy ta'minot bo‘lib qolmoqda. Qurilmada o‘rnatilgan ajoyib stereo dinamiklar tufayli unda kino tomosha qilish yanada yoqimliroq bo‘ldi. Shuningdek, unga o‘rnatilgan kamera professionallarni ham lol qoldiradi. Qurilma arzon emas, lekin iPad uchun har qancha sarflasangiz ham kam.

Phantom DJI 

Phantom DJI kvadrokopteri mana ko‘p yillardan beri o‘z havaskorlari va professionallarni xursand qilib kelmoqda. Yangi model esa ularning bozordagi mavqeini yana bir bor oshirdi. Dronda parvozning bir necha avtomatik rejimlari va to‘qnashuvlarni qaytara oladigan hususiyati paydo bo‘ldi. U daraxtlar, binolar va umuman, har qanday qarama-qarshiliklar ustidan uchib o‘tish yoki ular oldida to‘xtashni o‘rgandi. 

Bundan tashqari, haydovchisiz uchuvchi qurilma 4K videoni tez va ravshan tasvirga olish imkoniga ega. Bu qurilma ham juda qimmat narxda. 

Dell XPS 13 (2016)

Dell XPS 13 so‘nggi yangilanishiga juda kam o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa-da, u avvalgidek e'tiborga loyiq: 11 dyuymli noutbukda premial korpusida 13 dyuymli ajoyib displey joylashgan. Shuningdek, yangi USB-port C (va Thunderbolt 3) ham qo‘shilgan. 

Audeze Sine

Audeze Sineda ham Oppo PM-3 kabi planar-magnit drayverlari ishlatiladi. Biroq Audeze Sine chindan ham tiniq va sof ovoz chiqaradi. 

Ko‘pchilikka ovozlar tinglash chog‘ida tovushlarning juda ham tiniq chiqishi, hattoki, ba'zida quloqchin orqali ularning kamchiliklarini ham yaqqol sezish mumkinligi yoqmaydi. Shu sababli quloqchinlar haqiqiy audiofillar uchun mo‘ljallangan. Qurilma to‘plamiga audiokabel (alohida 50 dollarga sotiladi) ham kiradi.

HTC Vive

Hozircha eng yaxshi virtual reallik qurilmalarini tanlashga juda erta. Dasturchilar bu texnologiyaning imkoniyatlarini endi o‘rganishni boshlashdi. Ba'zi qurilmalar, masalan, PlayStation VR hali bozorga chiqmagan bo‘lsa-da, narxi juda ham qimmat. 

Biroq, PlayStation VR va HTC Vive qurilmalaridan birini tanlash kerak bo‘lsa, biz tanlovni ikkinchi qurilmaga beramiz. Bu mahsulot va Oculus Rift ajoyib rivojlantirish imkoniyatlarga ega bo‘lgan texnologik durdona hisoblanadi. Ammo Oculus Rift’da harakat datchiklari o‘rnatilmagan, HTC Vive’da esa bunday imkoniyat mavjud. Shuning uchun, Vive to‘liqroq ishlab chiqilgan tizim hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: