Germaniyaning «Borussiya» Dortmund jamoasi yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an Angliyaning «Manchester Siti» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Daily Mail nashri bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi mavsum yakuniga yetgach, 25 yoshli germaniyalik futbolchi uchun 23 million funt sterling (29 million yevro) to‘lab beradi.
Gundo‘g‘an uchun kurashda «Siti» Angliyaning «Arsenal», «Liverpul», Ispaniyaning «Barselona» va Italiyaning «Yuventus» jamoalarini ortda qoldirib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq xavbek «shaharliklar» bilan 5 yillik shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbolchi «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayapti va agar u jamoada qolsa, kelgusi yilda erkin agentga aylanishi mumkin.