Varshavada O‘zbekiston va Polsha siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 12:24 / 12.11.2024 794

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Polsha tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 10-davrasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida Polsha delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Vladislav Bartoshevskiy rahbarlik qildi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni yanada mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Polsha Iqtisodiy rivojlanish va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi Mixal Yaros bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida, shuningdek, Polsha investitsiyalar va savdo agentligida (PAIH) ikki davlat tadbirkorlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Polsha tashqi ishlar va rivojlanish vazirliklari, Milliy savdo palatasi vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbir yakunida G2B va B2B shaklidagi muzokaralar tashkil etildi. Muzokaralar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning manfaatli yo‘nalishlari belgilandi va yangi qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: