Xakerlar Adelning shaxsiy suratlarini e'lon qilib yuborishdi

Jamiyat 15:44 / 21.03.2016 1684

Xakerlar britaniyalik qo‘shiqchi Adelning shaxsiy fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborishgan. Bu haqda The Mirror xabar yozgan.

Xabar qilinishicha, xakerlar qo‘shiqchining 27 yoshli yigiti Saymon Koneki bilan suratlarini, xususan intim suratlar, bolalik va homiladorlikdagi suratlarini tarqatishgan.

"Men Adelning shaxsiy suratlarini internetda ko‘rib, hayratda qoldim. Bu shaxsiy daxlsizlikka to‘g‘ri kelmaydi, bunday qilinmasligi kerak edi", deydi xonandaning do‘stlaridan biri bu voqeaga munosabat bildirib.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shiqchi bu ishdan qattiq xafa bo‘lgan va bu ishni amalga oshirganlarni sudga bermoqchi.

Bundan oldinroq, OAVda Adel va Samon Konekining turmush qurgani haqida xabar qilingan, qo‘shiqchining vakili bu ma'lumotga izoh berishni istamagandi.

Ko‘proq yangiliklar: