Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
Sirdaryoda quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, hokimlik binosi oldiga to‘plangach, Sirdaryo viloyati HETK aybini tan oldi. Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha majburlov choralari respublikaning boshqa hududlarida ham kuzatilayotgani e’tiborga olinsa, prezident qarori (ochiq e’lon qilinmagan) yoppasiga noto‘g‘ri talqin qilinayotgan bo‘lishi mumkin.

Tadbirkorlar Sirdaryo tuman hokimligida / Kun.uz'ga yo‘llangan videodan kadr
Sirdaryoda tadbirkorlarni quyosh paneli o‘rnatmagani uchun elektrdan uzish holati prezidentning tegishli qarorlarini noto‘g‘ri talqin qilish sababli kelib chiqqan. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali Kun.uz xabariga nisbatan rasmiy munosabatida ma’lum qildi.
Avvalroq Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ilgandi.
HET Sirdaryo filiali axborotiga ko‘ra, prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son hamda 2024 yil 31 maydagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-222-son qarorlarida mamlakat bo‘ylab tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘z ehtiyojining ma’lum qismini muqobil energiya manbalaridan ishlab chiqarish belgilangan.
“Ushbu qarorlar ijrosi Sirdaryo tumani elektr ta’minoti mas’ullari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. Oqibatda iste’molchilar tomonidan norozigarchiliklar yuzaga kelgan. Kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Sirdaryo tumani elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari qat’iy ogohlantirildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Rasmiy bayonotda aytilgan 222-sonli prezident qarori ochiq manbalarda e’lon qilinmagan. Avvalroq Energetika vazirligi bergan bayonotda bu qaror 2024 yil 14 iyunda qabul qilingani yozilgandi. Sirdaryo HETKning bugungi bayonotida esa bu “sirli” qaror 2024 yil 31 mayda imzolangani aytilgan.
Oldinroq Kun.uz Oltinko‘l va Oqqo‘rg‘on tumanlari, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanayotgani haqida yozgandi. Oltinko‘lda panel o‘rnatmagan tadbirkorlik sub’yektlari bir necha kunga yoppasiga elektrdan uzib qo‘yilgan. Demak, davlat rahbarining qarorlari boshqa hududlarda ham noto‘g‘ri talqin qilinayotgan bo‘lishi mumkin.
Energetika vazirligi 11 sentabrdagi bayonoti bilan quyosh panellarini o‘rnatishga majburlash qonunga zidligini bildirgan. Prezident qarorlari asosida quyosh panellari va quyosh suv kollektorlarini o‘rnatish imkoniyati bor tadbirkorlik sub’yektlari va aholi xonadonlari uchun bunday mahsulotlar targ‘ibotini kuchaytirish vazifasi qo‘yilgan, lekin kimnidir quyosh paneli o‘rnatishga majburlash, o‘rnatilmagan taqdirda esa uni tarmoqdan uzib qo‘yish bilan ogohlantirish masalasi hech bir hujjatda yo‘q, degandi vazirlik.
Shunday bo‘lsa-da, Energetika vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi HETKlar tomonidan tadbirkorlarga “10 kun muddatda panel olish bo‘yicha shartnoma tuzmasang, tarmoqdan uzamiz” degan mazmundagi ogohlantiruvchi xatlar yuborayotganiga izoh bermay kelmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman ham yoppasiga kuzatilayotgan holatga munosabat bildirmayapti.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
-
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Jahon | 19:26
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025