Tadqiqot: Yevropa Ittifoqidan ajralish Buyuk Britaniyaga 145 mlrd dollarga tushadi

Jahon 17:10 / 21.03.2016 922

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi mamlakat iqtisodiga “jiddiy xavf” solishi mumkin. Bu haqida CBI biznes-guruhi o‘tkazgan tadqiqoti orqali xabar berdi.

Tadqiqotchilar YeI tarkibidan ajralib chiqish 950 mingga yaqin ish o‘rinlarining qisqarishiga va 2020 yilgacha 100 mlrd funt (145 mlrd dollar)ni yo‘qotishga olib kelishi mumkinligini aniqlashdi.

Tadqiqotda ishtirok etgan PricewaterhouseCoopers tahlilchilari Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi uzoq muddatli inqirozga olib kelishi va mamlakat bu inqirozni umrbod yenga olmasligini taxmin qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: