OAV: O‘zbekistonlik talaba Ispaniyadagi YTH natijasida halok bo‘ldi

Jamiyat 15:58 / 21.03.2016 1132

20 mart kuni Ispaniyaning Tarragona viloyatida talabalar avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar orasida Fransiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Ruminiya fuqarolari hamda bir o‘zbekistonlik bor. Qurbonlarning 7 nafari italiyalik, 2 nafari germaniyalik bo‘lgan. Bu haqda Kataloniya viloyati ichki ishlari bo‘yicha jyeneralititet maslahatchisi Jordi Jane ma'lum qilgan.

Uning Catalunya Ràdio radiosi uchun bergan intervyusida bu avtohalokat qurbonlarining yoshlari 19 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganini bildirilgan.

Yakshanba kuni Tarragonada avtobus va yengil avtomobil to‘qnashishi natijasida 13 kishi qurbon bo‘ldi, 43 kishi turli darajada tan jarohatlari oldi.

Ulardan 20 nafarga yaqini hamon og‘ir ahvolda qolmoqda. Avtobus haydovchisi hamda to‘qnashuvning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lgan mashina haydovchisi va undagi yo‘lovchilar falokatdan omon qolishgan. Avariya Ispaniyaning Barselona va Valensiya shaharlari orasida joylashagan Freginals shaharchasi yaqinida sodir bo‘lgan.

Daslabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi uxlab qolgan va avtobus yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Keyin unga yengil avtomobil kelib urilgan.

Avtobusdagilar 20ga yaqin mamlakat fuqarolari bo‘lgan. Ularning barchasi “Erazmus” xalqaro almashuv dasturi talabalari bo‘lgan. Talabalar Barselonadan Valensiyaga Las-Falyas “Olovlar tuni” bayramidan qaytayotganida ushbu fojia sodir bo‘lgan.

Ushbu hodisa munosobati bilan Kataloniyada 21-22 mart kunlari motam sifatida e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: