Nursulton Nazarboyev o‘z partiyasi g‘alabasini xalq g‘alabasi deb atadi

Jahon 10:09 / 21.03.2016 1100

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 20 martda mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan keyin o‘zi boshchilik qiladigan “Nur Otan” partiyasi saylovoldi shtabidagi tarafdorlariga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning aksariyati “Nur Otan” partiyasiga ishonch bildirdi – bu butun xalqning g‘alabasi”, deb aytdi Nazarboyev. 

Nazarboyevning aytishicha, mamlakat aholisi shu ishonchi bilan partiya olib borayotgan yo‘nalish, dastur va islohotlarni yana bir bor qo‘llab-quvvatladi. Prezident saylovlarda ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi.  

Nazarboyev boshqa partiyalar tomonidan aytilgan takliflar yetakchi partiya tomonidan inobatga olinishini ta'kidladi.

Ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, “Nur Otan” 82 foiz ovoz to‘pladi. Undan keyingi o‘rinlarda deyarli bir xil ovoz to‘plagan “Ak jo‘l” partiyasi va Kommunistik partiya kelmoqda: partiyalar 7,20 foizdan ovoz to‘plashgan.

Ko‘proq yangiliklar: