Jahondagi eng yirik bo‘lgan Apple Store Xitoyda ochiladi

Iqtisodiyot 15:55 / 21.03.2016 1461

Apple kompaniyasi Xitoy elektronika bozorini egallashni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning jahondagi eng yirik Apple Store do‘koni Xitoyning Dalyan shahrida ochiladigan bo‘ldi.

Bundan to‘rt yil muqaddam kompaniyaning rasmiy vakili Xitoyda savdo nuqtasi ochilishi haqida ma'lum qilgan edi. Shunga muvofiq Dalyan shahridagi sakkiz qavatli Olympia 66 savdo markazida Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik savdo nuqtasi ochiladigan bo‘ldi. Apple jahon elektronika bozorini egallashni ko‘zda tutgan. U yaqin kelajakda Xitoyda o‘zining 40 ga yaqin savdo nuqtasini ochishni rejalashtirgan.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, Dalyan xorijiy sayyohlar ko‘p keladigan shahar bo‘lib, eng omadli qadam hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: